AQŞ quruqlikdagi qöşinlari global rejalaştiriş boşqarmasi boşliği Tos Taypning bayonotiga köra, Amerika Yevropada joylaştirgan jangovar uskunalari sonini kengaytirişi mumkin. Bu, NATO tarkibidagi Yevropa ittifoqçilariga yordam beriş dasturi doirasida amalga oşiriladi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Uşbu dastur davom ettirilsa, Yevropaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş uçun qöşimça talablarni ado etişimiz mumkin», — degan Tayp. 

Bundan taşqari, Taypning qöşimça qilişiça, Vaşington «sun'iy aloqa, muhandislik ta'minoti va qurolli kuçlarni joylarga yetkazişni tezlaştiradigan har qanday vositalardan köproq bölişini xohlar edi».

Avvalroq, Latviyaga Amerikaning 60 nafar harbiy xizmatçisi va 5ta Black Hawk vertolyotlari keltirilgani haqida xabar qilingan edi.