Jahon savdo taşkilotiga (JST) 13 iyul kuni AQŞ tomonidan Xitoyga qarşi da'vo arizasi berildi. Vaşingtonda ta'kidlanişiça, Xitoy 15 yil avval JSTga qöşilayotganda xom-aşyo tovarlari böyiça eksport bojlarini bekor qiliş mas'uliyatini öz zimmasiga olgan.
AQŞ XXRni grafit, kobalt, mis, qalay, qörğoşin, surma, tantal, talk va boşqa bir qator metallarga 5 foizdan 20 foizgaça bölgan eksport bojlari xali ham kuçda ekanligida ayblamoqda. AQŞ hukumatining fikriça, eksport bojlarining saqlanib qolişi Xitoyning mamlakat taşqarisidagi daromadini yanada qimmatlaştirib, ularning öz hududida işlab çiqarilişini subsidiyalaştiradi.
XXRning AQŞdagi elçixonasi vakili Çju Xaytsyuan Amerika hukumatini da'volarini köpaytirmaslikni aytib ogohlantirdi: "Xitoy Qöşma Ştatlarini JST qoidalariga qat'iy amal qilişga va dempingga qarşi çoralarni haddan ziyod qöllamaslikka çaqiradi".











