Buyuk Britaniya yangi moliya vaziri Filipp Xemmondning ma'lum qilişiça, mamlakatning yangi hukumati Birlaşgan Qirollikning YeI tarkibidan çiqişi sababli inqiroz byudjyetini işlab çiqmaydi. Ammo, uşbu masala böyiça yakuniy hisobot kuz mavsumida e'lon qilinadi, deb yozmoqda The Guardian.
Naşrning qayd etişiça, bu sobiq moliya vaziri Jordj Osborn fikriga ziddir. U, referendum sabab davlat byudjyetini qayta şakllantiriş lozimligini ta'kidlab kelar edi. Osborn şuningdek, byujyetni töldiriş uçun soliqlarni 2,5 mlrd funtga köpaytiriş lozimligini qayd etgandi.
«Boş vazir özining birinçi iş kunidayoq, yangi hukumat oddiy tartibda faoliyatini davom ettirişini va kuzatuvimiz haqida avvalgidek kuzda hisobot taqdim etişimizni bildirdi», — degan Xemmond özining moliya vaziri lavozimidagi ilk matbuot anjumanida. U, şuningdek, Angliya banki rahbari bilan uçraşişini bildirgan.
Xemmonddan avvalgi moliya vaziri, referendum natijalari sababli, Britaniya fuqarolari uçun soliqlarning ortişi hamda yrik xorijiy kompaniyalar va sarmoyadorlarni jalb etiş maqsadida korporativ soliqlar kamaytirilişini bildirgan edi.











