Ilonni har qança qilsang tarbiyat,
Oxir zahrin soçib, yetkazar zahmat.
Nokas tabiati ilon kabidir,
Yuzin körmaslikka etgil harakat.
Aslida, naslida yovuzlik bölsa, undan yaxşilik kutiş qiyin. Uning yaxşilik niqobidagi «himmat»i ham oğir keçişi haq. Ilonsifat harakat, siringdan, nozik işlaringdan voqif böliş evaziga seni mağlub etiş nokas niyati. Şuni sezdingmi undan uzoqlaş degan ögit Rudakiyning hayot haqiqatini badiiy haqiqatga ögiriş hissi bilan boğliq. Nokas birovni birovga yaxşilik qilayotganini körolmasligi aniq. Hatto, u birovning öziga qilayotgan yaxşiligini ham körolmaydi. «Nimaga birov birovga yaxşilikni ravo körişi kerak»?-degan jumboqli savol unga tinçlik bermaydi. Çunki, u dunyoni faqat yovuzlik qobiğida köradi. Uning yaşaş tarzi şu-yaxşilikka ham yomonlik, yomonlikka ham yomonlik.. Unga yaxşilikni ham, yomonlikni ham ravo körmasdan, undan uzoqlaşiş eng töğri hukm ekanini uqtiradi adib. Şu tobda boşqa bir şoirning uşbu hikmati yodga keladi: «Yaxşiga qilsang yaxşilik ham aytadur, ham qaytadur, Yomonga qilsang yaxşilik na aytadur, na qaytadur»
Ezop rivoyatlaridan birida keltirilişiça, Zevs töy qilayotgan ekan. Hamma hayvonlar topganlarini unga sovğa qilib keltirişibdi. Ilon ham gul tişlagan kuyi sudralib kelibdi. Zevs ilonni körib, unga şunday debdi: men boşqalarning sovğasini qabul qilaman, ammo sening tişingdagi tuhfani olmayman. Masaldan xulosa şuki, yomonlarning yaxşiligida ham xatar bor.
Rudakiy ilonning zahri öz örnida doru darmon, şifo bölişi mumkin, lekin ilonsifat nokas zahri seni tuzalmas dardga giriftor qilişi haqligiga işora qilib ötgan. Uzoq davrlardan beri tillardan tillarga ötib kelayotgan «Toşbaqa va çayon» masalidagi «zahar urmoq emiş kasbi çayonning» degan hikmat ham bejiz emasligi ta'kidlanadi ruboiyda.










