13 iyul kuni keçqurun Moskvada kuçli momaqaldiroq sodir böldi. Şaharning favqulodda vaziyatlar vazirligi derazalarni yopiş, avtomobillarni daraxtlar yaqiniga qöymaslik, reklama şitlari va eski qurilişlarni çetlab ötişni, şuningdek şahar böylab sayohat qilmay turişni va yomğirdan yerosti ötiş joylarida yaşirinmaslikni tavsiya qilişdi. Momaqaldiroq va yomğirli ob-havo 14 iyulda ham davom etişi mumkin.
Rossiya poytaxtidagi kutilmagan ob-havo natijasida 7 kişi jabrlandi, 300 tadan ortiq daraxt quladi.
Sel kelişi oqibatida ba'zi magistrallarda harakat töxtab qoldi.
Moskvalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari bu hodisaga doir yuzlab rasmlar va izohlar keltirişdi. Ançadan beri kuzatilmagan bunday yoz havosi aholi örtasida katta muhokamaga sabab böldi.


"Hayotda heç şunaqasini körganmisiz? Moskva haddidan oşdi, şekilli" deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan biri. "Dovul - naqadar çiroyli! Kuçli şiddatli şamol va yomğir! Volokardin içib ötiring va ehtiyot böling" deya fikr bildiradi yana biri.

Köplab izohlovçilar momaqaldiroq tufayli duşmanlarini çaqmoq bilan urişga qodir pokemonlarni yodga olib, hazil-huzul qilişdi.

Poytaxt aholisi momaqaldiroq paytida elektr bilan boğliq muammolar yuzaga kelayotganidan şikoyat qilişdi.












