Rossiya mudofaa vazirligining ma'lumotlariga köra, Rossiya harbiy havo-kosmik kuçlarining 6ta Tu-22m3 bombardimonçi samolyotlari IŞIDning Suriyadagi marralariga ikkinçi havo zarbalari bergan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«14 iyul kuni 6ta bombardimonçi samolyot Rossiyadagi aerodromlardan havoga kötarilib, IŞIDning Palmira, Es-Suxne, Arakdagi marralariga va Xoms viloyatidagi neft quyiş stansiyasiga zarbalar bergan», — deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligida aytişlariça, Rossiya samolyotlari terrorçi guruhning boşqaruv punkti va dala lagerini yöq qilgan.











