Amerikalik Robert Kugler saraton kasaliga çalingan Bella laqabli iti bilan mamlakat böylab sayohatga yöl oldi. Bemor itiga sönggi sayohat uyuştirişga qaror qilgan erkak tarixi OAV vakillarini qiziqtirib qöydi. Bu haqida CNN va WOWT 6 News telekanallari ma'lum qildi. 

Nebraskida istiqomat qiluvçi kişi 9 yil avval Bella laqabli labrador itini sotib oldi. 2015 yilning may oyida jonivorda osteosarkoma kasalligi topildi. Öşanda Kuglerda itini sayohatga olib çiqiş ğoyasi paydo böldi. "Men şunçaki bir kuni uyga qaytib, uni ölik holatda topişni istamadim", - dedi itning egasi. 

Kugler va uning iti AQŞ böylab sayohatni Çikagodagi dengiz xizmati bilan tanişuvdan boşlaşdi, bir paytlar Kuglerning özi ham şu bölimda faoliyat körsatgan. Şundan söng ular Klivlend, Filadelfiya, Vaşington, Niagara şarşarasi, Adirondak toği va boşqa joylarni ziyorat qilişdi. Bugungi kunda Kugler va Bella Floridada bölib, ular mamlakat böylab sayohat qilişni davom ettirişmoqçi. 

Kuglerning tan olişiça, u sayohatga nafaqat iti uçun, balki boşqa odamlarni ham yaşaşga undaş niyatida ham yöl olgan. "Atrofdagilarni yaşaşga ilhomlantirmoqçiman. Bir-biringizni qanday bölsangiz, şundayligingizça seving va döst orttiring", - dedi u. 

Suratlar: cnn.com