2016 yilning birinçi yarim yilligi mobaynida Rossiya fuqarolarining Germaniyadan boşpana sörab topşirgan 5277ta arizasidan 4410tasi çeçenlar tomonidan yozilgan, deb yozmoqda yozmoqda «Kommersant'» gazetasi GFR migratsiya va qoçoqlar masalalari federal ma'muriyatiga tayangan holda.

Uşbu ma'lumotlarga köra, Şimoliy Kavkaz fuqarolari Germaniyadan boşpana olişni xohlagan rossiyaliklar orasida yetakçilik qilmoqda. 

Aniqlik kiritilişiça, 2672 ta arizani erkaklar, 2605 tasini ayollar yozgan. Arizalarning aksariyatini 18-50 yoşli kişilar taqdim etgan. 

Bundan taşqari, Rossiyadan topşirilgan arizalarning umumiy soni ham ötgan yilning şu davriga nisbatan 2847 kişidan 5277 nafargaça kötarilgan.