Yaponiyaning Nintendo kompaniyasi afsonaviy Nintendo Entertainment System (NES) konsolining kiçiklaştirilgan nusxasi bölgan Nintendo Classic Mini: Nintendo Entertainment System öyin pristavkasining işlab çiqarilgani töğrisida ma'lum qildi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy saytida xabar berildi. 

Yapon kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan NES qolipi original pristavka dizaynini deyarli töliq takrorlaydi, u faqatgina hajm jihatidan biroz ixçamroq. Konsolning televizorga ulanişi uçun HDMI interfeysi qöllaniladi, quvvatlaniş esa USB orqali amalga oşiriladi.

Avvalgi modeldan farqli ölaroq, yangi konsolda katrijlarning öyinlar bilan qöllanişiga yöl qöyilmadi. Unda 30 ta maşhur öyinlar örnatilgan bölib, Super Mario Bros, The Legend of Zelda, PAC-MAN şular jumlasidandir. 

Yangi pristavka 11 noyabrdan boşlab sotuvga çiqişi rejalaştirilmoqda. Konsolning bahosi - 60 dollar.