Frantsuz politsiyasi Nitstsadagi xunrezliklar ijroçisi bölgan şaxsning şahar yaqinidagi uyida tintuv ötkaziş davomida bir kişini qölga oldi. Bu haqda iTele xabar tarqatgan. 

"Biz politsiya xodimlari niqobdagi bir kişini olib ketişayotganini kördik. Bu kim bölgani noma'lum", deydi telekanal muxbiri.

U şuningdek, sapyorlar uyda şubhali buyumni portlatib yöq qilişgani haqida aytgan. Uy oldidagi avtoturargoh sinçiklab tekşirilgan.

14 iyul kuni keçqurun Bastiliya olingan kun munosabati bilan ötkazilgan Milliy bayram vaqtida Nitstsa şahridagi Ingliz qirğoğida töplangan odamlar ustiga yuk maşinasi haydab borilişi oqibatida 84 kişi halok böldi. Şuningdek, ayni vaqtda jarohatlangan 18 kişi şifoxonada qolmoqda.

Ma'lumot örnida. "Sputnik. Mneniya" tomonidan fevral oyida ötkazilgan sörovnoma yakunlariga köra, fransuzlarning 64 foizi Afrika va Yaqin Şarqdan keluvçi muhojirlar mamlakatdagi xavfsizlik darajasiga jiddiy ta'sir körsatadi. Şuningdek, sörovnomada iştirok etganlarning 67 foizi hukumat va OAV muhojirlarning jinoyatlari darajasini töla ma'lum qilmasdan, noxolislik qiladi.