Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni qiroli Marokashga tashrif buyurdi
Foto: SPA
14 iyul kuni Saudiya Arabistoni qiroli Abdulaziz ibn Salmon Marokash Qirolligiga uyushtirgan tashrifi doirasida Tanjyer shahriga qadam ranjida qildi. Bu haqida Saudiya matbuot agentligi (SPA) ma'lum qildi.
Qirol Salmon Jiddadan ketishdan avval u yo‘qligida qirollik ishlarini boshqarish uchun valiahd Muhammad bin Naifni bosh vazir o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri etib tayinladi.

Qirolni Tanjyerdagi Ibn Battuta aeroportida Marokash Palatasi spikeri Rashid Tolibiy al-Alamiy, Tanjyer gubernatori Teton Muhammad Yakobit hamda Marokashning bir qator rasmiy vakillari kutib olishdi.
Shuningdek, qirolni qarshi olishga Saudiya Arabistonining Marokashdagi elchisi Abdulaziz bin Muhiddin Xo‘ja, Marokashdagi Saudiya harbiy attashesi Nabil al-Obid va Saudiya Arabistoni elchixonasi xodimlari hozir bo‘lishdi.
Marokashga qirol Salmon bilan birga moliya vaziri Ibrohim bin Abdulaziz al- Assaf va boshqa fuqarolik hamda harbiy rasmiylar tashrif buyurishdi.
Mavzuga oid
11:56 / 03.10.2025
Marokashda ham «Z avlod» namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda, dastlabki qurbonlar bor
18:37 / 08.09.2025
To‘qayev O‘zbekistonga tashrif buyuradi
11:51 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekistonga tashrif buyuradi
21:54 / 03.03.2025