AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasidan deyarli yagona nomzod hisoblanuvçi milliarder Donald Trampning bayonot berişiça, agar u davlat rahbari lavozimiga saylangudek bölsa, mamlakat Kongressiga murojaat qilib, IŞIDga uruş e'lon qilişni söraydi. Bu haqda milliarder Nitstsadagi qöporuvçilikdan söng, Fox News telekanalida qilgan çiqişida ma'lum qilgan. 

"Bu uruş va biz harbiy libosga ega bölmaganlar bilan uruşmoqdamiz", - degan Tramp. 

"Bu odamlar bizning mamlakatimizga kelmoqda va ularning kimligini, qayerdan kelganligini ham bilmaymiz, hatto", - deb qayd etgan milliarder. 

Donald Tramp, boşlovçining, agar Tramp prezident bölsa, IŞIDga qarşi rasman uruş e'lon qilişni sörab, Kongressga murojaat qilarmidi? - degan savoliga - "Qilar edim", - deya javob bergan.

Respublikaçi nomzod, yana bir marta IŞIDga qarşi jangovar harakatlarda NATOdan foydalaniş zarurligiga urğu bergan. 

"Biz NATO uçun ulkan mablağ sarflamoqdamiz va mazkur xarajatlarni oqlaşimiz ham kerak", - degan Tramp. 

The Washington Post gazetasining yozişiça, Kongress 74 yildirki heç kimga uruş e'lon qilmagan. Kongress bundan avval, 1812-yilgi uruş, amerika-meksika, ispan-amerika, Birinçi va Ikkinçi jahon uruşlarida uşbu vakolatidan foydalangan va rasman uruş e'lon qilgan.