Turkiya boş vaziri Binali Yildirim davlat töntaruvida iştirok etgan fuqarolar va jurnalistlarni yoppasiga jazolamaslikka va'da berdi.
“Terrorçilar va ayirmaçilarni qöllab-quvvatlayotgan odamlar, qanday lavozimni egallaşidan qat'i nazar hammaga ma'lum, ularga nisbatan darhol çoralar köriladi”, - deydi boş vazir.
“Töntaruvni qöllab-quvvatlagan jurnalistlar va fuqarolarni hukumat ta'qib qiladimi?” degan savolga Yildirim “Davlat töntaruvi harakati çoğida şok holatida köplab jurnalistlar töğri yöldan adaşgan bölişlari mumkin”, deb javob berdi.
“Bu qiyin savol. Hozir hamma hukm qilinadigan qiyomat qoyim emas. Men barçani – keksa-yu yoşni, ayollar va bolalarni birlaşişga çaqiraman – milliy bayroq ostida birlaşişga!”, - dedi vazirlar mahkamasi rahbari.
U hozirda davlat töntaruvi harakati iştirokçilarining xatti-harakatlarini baholaş işlari ketayotganligini ma'lum qildi.
















