Turkiya hukumati mamlakat qurolli kuçlari Boş ştabi rahbari lavozimiga vaqtinça bajaruvçi tayinladi. Bunga, amaldagi Boş ştab boşliğining qayerdaligi noma'lumligi sabab bölgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi turk mulozimlariga asoslangan holda. 

Bu haqda, mamlakat boş vaziri Binali Yildirim e'lon qilgan. Ayrim OAVning xabar qilişiça, Boş ştab rahbari garovda bölişi mumkin. 

Daily Sabah naşrining ma'lumotiga köra, Boş ştabga Umar Dundar vaqtinçalik rahbarlik qiladi. U Istanbul va mamlakat şimoli-ğarbiy mintaqasidagi Birinçi armiya — quruqlikdagi qöşinlar qömondoni hisoblanadi.