Fransiyalik Bonapart jang oldidan öz askarlariga “ölmaslikni” buyurar ekan: “Jangda ölişni hamma eplaydi, lekin tirik qoliş faqat talantli insonlargagina xosdir. Menga sizlarning öligingiz emas, tirigingiz kerak. Şu bois, ölmaslikni buyuraman!”
Leonardo Di Kaprio faoliyati davomida juda köp filmlarda öynagan. Öynagandayam kuçli filmlarda qatnaşgan... Açinarli tomoni, yillar davomida biror bir ijrosi “Oskar”ga loyiq topilmagan. Qorindor akademiklar özlarining tentakona ölçovlari bilan Leoni “yoş bola”ga çiqarib kelaverişgan.
Gap-söz köpayib ketgaç, şu yilning bahorida haykalça di Kaprioga topşirildi. Noilojgina. Aktyor boşi uzra kötardi “Oskar”ini. Aslida oldinroq olişi kerak bölgan, biroq asossiz sabablar tufayli keçga surib kelingan bu manzara hammaning köz öngida bayramga aylanib ketdi.
Insof bilan aytganda, “Omon qolganlar” filmi va undagi ijrosi bu haykalçaga loyiq darajada emasdi. Lekin “Oskar”ni unga berdilar. Sezdingizmi, heç kim e'tiroz bildirmadi. Bildira olmadi. Sababi aniq – Leo yillar davomida şunga haqli ijod etib bölgandi.
Kriştianu Ronaldu ham final keçasida heç narsa qilmadi. Aniqroği, unga biron iş qilişga yöl qöymadilar. Jarohat oldi, maydonni tark etdi. Öynayotgan paytida esa, umuman sezilmadi. Qiziği, Portugaliya yigitlari boşlari uzra kubokni kötarayotganlarida eng birinçi planga “heç narsa qilmagan” Ronaldu çiqib qoldi. Özini hamma işni bir özi qilgandek tutdi. Ha, şunaqa deysiz, bilib turibman. Ammo boşqa rakursdan qaraydigan bölsak, Ronaldu butun öyin davomida qahramonlik mavqifida turganini köramiz. Dunyoning istalgan telekanalidagi şarhni qöyib köring-da, bilib olasiz - öyin davomida Kriştianuning nomi boşqalardan köproq yangrasa yangradiki, kam emas.

Maydonni tark etib ketgan yigit uçraşuv oxirigaça, hatto kubok kötargunlariga qadar özini gapirtirib turaverdi. Har qanday epizod orasida Kriştianu nomi yangrayverdi. U hammani şunga majbur qilib qöydi. Nega, bilasizmi? Sizga yoqadimi, yöqmi, Ronaldu şu kuni öyindan oldinoq boş qahramon bölib ulgurgan edi. Asosiy işni Pepe, Patrisiu va Ederlar qilgan bölişi mumkin, lekin kubok aynan uniki edi.

Di Kaprio juda köp filmlarda turliça rollarni öynagan va aksarida ssenariyga köra “vafot etgan”. “Titanik”, Qonli almaz” va “Aviator”dek şohasarlarida uning qahramoni “öladi”. Bilasiz, boş qahramon vafot etadigan filmlar odatda kuçli çiqadi. Mohiyatan insonni öylatadi va qandaydir ğoya tufayli köz yumganiga şa'ma qilinadi. Biroq, Leonardoning “Oskar” olişiga sabab bölgan filmida boş qahramon oxirigaça tirik qoladi. Öliş bilan iş bitmasligini anglagan köyi marra çiziğiga matonat ila yetib keladi. Hatto filmning nomi ham uning ölmasligini oldindan aytadi. Bu göyo anovi haykalçaga şa'ma ölaroq işlangandek: “Men bu sahnaga “ölmasdan” keldim, endi berarsanlar?!”











