Inson  tabiatdagi jonzotlar ichida nafaqat o‘zining aqlu-hushi, nodir xislatlari, balki tasavvur kuchining kengligi bilan ham ajralib turadi.  FUN-ART GROUP jamoasi ana shu fantaziyalaringizni hayotiy voqeaga aylantira oladi.  To‘y, tug‘ilgan kun, xullas har bir   tantanali kuningizni a'lo darajada tashkil etib, orzularingizni ro‘yobga chiqaramiz!

Ko‘pchiligimiz to‘y marosimlarimiz noodatiy tarzda, unutilmas va yoqimli tassurotlarga boy o‘tishni shu bilan birga taklif etgan mehmonlarimizda yillarga tatiguvlik xotiralar qoldirishini istaymiz.  

Shunday ekan FUN-ART GROUP jamoasining ijodiy g‘oyalari aynan sizning istagingizga va hamyoningizga mos keladi!

FUN-ART GROUP - To‘y, banket, tug‘ilgan kun va boshqa tantanali marosimlarni oliy darajada tashkillashtiradi.

Bizning professional video va foto xizmatlarimiz baxtli onlaringizni betakror ko‘rinishda bir umr maroq bilan tomosha qilishingizga kafolat beradi. Serqirra ijodkor dizaynerlarimiz to‘yxona va xonadoningizni bayramona bezatib ko‘zlarni quvnata olishlari aniq. Tele va radio boshlovchilar kechangizni fayzli o‘tishida katta xissa qo‘shadilar. Mahoratli raqs guruxlarimiz esa go‘zallikka oshno qalblarga ko‘tarinki kayfiyat ulashadilar. Mehmonlarni raqsga chorlab, davrani xaqiqiy bazmga aylantira oladigan vokal ansamblimiz sizga manzur kelishiga kafolat beramiz. O‘zbek va Rossiya estradasining yorqin yulduzlarini taklif etishni xam bizga ishoning. Karnay-surnay guruhimiz esa o‘zbekona shou- dasturini taqdim etadilar desak mubolag‘a qilmaymiz. Mehmonlaringizni iliq qarshi olish uchun dastyor model qizlarimiz ham xizmatingizga shay.

Nikoh oqshomi - biz va yaqinlarimiz hayotidagi eng muhim kun hisoblanadi. Bor -yo‘g‘i bir kunda o‘tib ketsa-da, uning professional tashkilotchilar tomonidan sahnalashtirilishi hayotimizga quvonch va unutilmas daqiqalarni hadya etadi. Ushbu daqiqalar esa biz va mehmonlarimiz uchun bir umrga tatigulik xotiralarni ulashadi. Shunday ekan, Sizning to‘y marosimlari va tadbirni o‘tkazish borasidagi tasavvuringizni o‘zgartirish, aniqrog‘i, hayolingizdagi fantaziyangizni bir oz zamonaviylashtirishning vaqti kelmadimikan?

FUN-ART GROUP agentligi sizga eng yangi va zamonaviy ssenariylar, bazm, nikox kechalari uchun yasatiluvchi betakror dekoratsiyalarni taqdim etib, bu borada sizning fikrlaringizni ham inobatga oladi. Aniqrog‘i, sizning didingiz va talabingizdan kelib chiqqan holda yanada ajoyib ijodiy yangiliklar yarata oladi.