2015 yilda Özbekistonda odam savdosi qurbonlari soni 2014 yilga nisbatan 23,5 foizga – 924 nafargaça kamaygan. Bu haqida respublika IIV ma'lumotlariga asoslanib, RIA “Novosti” xabar qildi. 

2015 yilda qayd qilingan odam trafigida 784 kişi (26,4 foizga kam) mamlakat taşqarisiga olib ketilgan, deyiladi vazirlik xabarida. IIV ma'lumotlariga köra, xalqaro taşkilotlar va nodavlat taşkilotlar odam savdosining 774 nafar qurboniga yordam körsatgan, Özbekistonning xorijdagi diplomatik missiyalari 146 nafar kişining qaytişiga yordam berişgan. 

Huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan “odam savdosi” moddasi böyiça 460 nafar odamni (1,4 barobar kamroq) ta'qib qilib, 372 ta iş oçilgan (1,7 barobar kamroq). Sud davomida 442 kişiga qamoq jazosi tayinlandi, 15 nafar savdogar esa axloq tuzatiş işlariga jalb qilindi. Jinoyat Kodeksining “odam savdosi” moddasi böyiça bunday faoliyatga 5 yildan 12 yilgaça qamoq jazosi tayinlanadi. 

Toşkentdagi reabilitatsion markaz 503 nafar vaziyat qurboniga (1,36 marta köproq) yordam körsatdi. Markaz qurbonlarga tibbiy va ruhiy jihatdan yordam körsatdi hamda ularni boşpana va iş bilan ta'minladi, deyiladi xabarda.