Bawadi 2007 yilda Dubayda mehmondorçilik va dam olişni taraqqiy ettiriş maqsadida dunyodagi eng uzun haşamatli mehmonxona zanjirining qurilişi töğrisida e'lon qilgandi. Bu haqida Dubai Holding boş ijroçi direktori Emirates 24 | 7 naşriga ma'lum qilgan. 

“Dubai Holding va Emaar’ning Bawadi qöşma loyihasi hozirgi vaqtda erta bosqiçlarda”, - dedi Fadel al-Ali. Loyiha tafsilotlari oşkor etilmadi. 

Arabian Ranches yaqinida joylaşgan Bawadi loyihasi dunyodagi eng uzun haşamatli mehmonxonalar zanjiri bölişi rejalaştirilmoqda. U 51 ta haşamatli mehmonxona va 60 mingdan ortiq xonalardan iborat böladi. 

Loyihaning quriliş maydoni 60 million kvadrat fut bölib, 2,7 million kvadrat fut maydoniga savdo markazlari bunyod etiladi. 

Hozirgi vaqtda Dubai va Emaar hamkorlikda Dubai Creek Harbour loyihasini işlab çiqişmoqda. Unga köra, Dubayda dunyodagi eng uzun minora – 928 metrli "The Tower" minorasi barpo etiladi.