Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan agar mamlakatdagi davlat töntaruviga uriniş vaqtida Marmarisda 10 daqiqa köproq uşlanib qolganida uni öldirişlari mumkinligi haqida aytdi. Bu haqda CNN telekanaliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

"Marmarisda menga qarşi operatsiya ötkazilgan. Mening ikki qöriqçim öldirilgan. Agar men u yerda yana 10-15 daqiqa köproq uşlanib qolganimda, meni öldirişlari yoki asirga olişlari mumkin edi", deb aytdi Erdöğan.

U naşrga Marmarisda oilasi bilan dam olişda bölganini aytgan. Keçki soat 22.00larda unga Anqara va Istanbulda harbiylar iştirokida tartibsizliklar bölayotganini ma'lum qilişgan. Şundan keyin Erdöğan özi töxtagan mehmonxonani tark etişga qaror qilgan.