Gvatemalaning Pavon qamoqxonasida sodir etilgan qözğolon qurbonlari soni 13 kişiga yetdi, deb ma'lum qilgan mamlakat IIV Fransisko Rivas matbuot anjumanida. 

Avvalroq, 5 kişi, xususan 1998-yilda huquq himoyaçisi Xuan Xerardi va gvatemalalik rohibni öldirganligi uçun 17 yildan beri qamoqda ötirgan kapitan Bayron Lima Oliva ham borligi xabar qilingan edi. 

Prensa Librening ma'lumotlariga köra, isyon iştirokçilaridan 3 nafarining jasadi qamoqxonaning hovlisida yoqib yuborilgan, yana bir neça kişining boşi tanasidan judo qilingan. 

Mazkur isyonga axloq tuzatiş muassasasidagi ta'sir doirasiga oid tortişuv sabab bölgani taxmin qilinmoqda. Qamoqxona mahbuslari orasida içki qoidalar nazoratini qöliga olgan Lima Oliva, u yerda giyohvand moddalar tarqalişini taqiqlagan. Bu esa, 2008-yili bir neça xorijlikni öldirgani uçun 800 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan Takero ismli boşqa bir qotilga yoqmagan körinadi. 

Ayrim ma'lumotlarga binoan, Lima Oliva qamoqxona içkarisida intervyu berayotganida öldirilgan, OAV xodimi ham qurbonlardan biri bölişi mumkin.