Olmaotada 18 iyul kuni röy bergan otişma oqibatida halok bölganlar soni 6 nafarga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Qayd etilişiça, jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilgan politsiyaçilardan birining joni uzilgan.

Şahar politsiyasi ma'lumotida qayd etilişiça, yöl-patrul politsiyasi leytenanti Timur Begasilov vafot etgan.
Bundan oldinroq Olmaota teraktida halok bölganlarning oila a'zolariga 45 ming dollar ajratilişi ma'lum qilingandi.

Şuningdek, Olmaota va Ostona politsiyaçilari bir kunlik maoşlarini halok bölgan hamkasblarining oilalariga ötkazib berdi.

Eslatib ötamiz, 18 iyul kuni Olmaotada noma'lum şaxslar Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi Olmaota şahar departamenti va şaharning Almali tumani politsiya departamenti binolariga hujum uyuştirgan edi. Oqibatda 6 kişi, jumladan, 4 nafar politsiyaçi halok böldi. Sakkiz kişi yaralandi, ulardan olti nafari politsiya xodimidir.