AQŞ mudofaa vazirligining maxsus kuçlar boş boşqarmasi (SOCOM) amerikalik harbiylar foydalanadigan Android-smartfonlardan iPhone’ning foydasiga voz keçmoqçi. Askarlarning taktik hujum töplamiga Apple’ning eng sönggi modeli - iPhone 6S’ning kiritilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqida appleinsider ma'lum qildi.
Manbaga köra, “ayfon” - iPhone Tactical Assault Kit töplamining markaziy elementiga aylanadi. Askarlar uning yordamida smartfonni radiotarmoqqa ulaşlari mumkin, şunda boşqarma ularning joylaşuvini xaritadan kuzata oladi, şuningdek bu razvedka tizimiga qöşilişga (masalan, uçuvçisiz qurilmalardan video olişga) imkon yaratadi.
Harbiylar hozirda foydalanayotgan Samsung Galaxy-smartfonlaridan juda norozi bölişdi. Bu boradagi şikoyatlar qurilmaning sekin işlaşi hamda uni tez-tez öçirib yoqiş kerakligi bilan boğliq bölgan. Insayderning sözlariga köra, iPhone 6S, aksinça, “tez” va “silliq” işlaydi, undagi tasvirlar esa “juda tiniq”.
AQŞ harbiylari köp yillar davomida Apple texnikasidan foydalanişadi. Masalan, iPod touch mediapleyerining eski modellari snayperlar uçun kompyuter vazifasini ötagan.











