Fransiya hukumati vakili Stefan Le Folning bayonot berişiça, AQŞ va  Fransiya, IŞID terrorçi guruhi nazorati ostidagi Mosul şahriga birgalikda havo zarbalari berişga hozirlik körmoqda, deb xabar qilayapti Reyter agentligi.

Avvalroq, 20-21 iyul kunlari Amerika poytaxtida, IŞIDga qarşi xalqaro koalitsiya taşqi işlar va mudofaa vazirlarining yirik anjumani bölib ötişi ma'lum qilingan edi. Unda Iroqning Mosul şahrini jangarilardan ozod qiliş masalasi muhokama etiladi.

Iroqning ikkinçi yirik şahri hisoblangan Mosulda 500 mingdan ziyod inson istiqomat qiladi. Şahar, 2014 yil sentabridan beri jangarilar nazoratida.