2016 yil birinçi çoragi yakunlariga köra, Qozoğiston Respublikasining taşqi qarzi 531,5 mln dollarga ortib, 154 mlrd dollarga yetgan. Taşqi qarz hajmining oşişi, firmalararo qarzning ösişi bilan boğliq bölib, u 1 mlrddan ortiqqa kötarilgan va 82,8 mlrd dollarni taşkil etgan, deb xabar qilmoqda Finprom.kz

Iqtisodiyotdagi turğunlik şaroitida, taşqi qarzning YaIMga nisbati ösib, 92,3 foizni taşkil etgani qayd etilgan. 

Birinçi çorak yakunlariga köra, firmalararo qarzdorlik 82,8 mlrd dollarga yetgan (mamlakat umumiy taşqi qarzining 53,8 foizini taşkil etadi). Agar, uşbu körsatkiç böyiça qarzdorlik hisobga olinmasa, mamlakat taşqi qarzi 471,2 mln dollarga kamayib, 71,146 mlrd dollarga tuşgan.

Davlat taşqi qarzi esa, birinçi çorakda 15,9 mln dollarga oşgan va 12,2 mlrd dollarga yetgan. Davlat tomonidan kafolatlanmagan taşqi qarz miqdori 141,12 mlrddan iborat bölgan. Bu jami taşqi qarzning 91,6 foizi demakdir. Hozirgaça, Niderlandiya (43,7 mlrd dollar) Qozoğistonning asosiy taşqi kreditori bölib qolmoqda. 

2016 yilning dastlabki 3 oyi mobaynida mamlakatga 136,3 mlrd dollar xorijiy valyutada jalb etilgan.