Respublikaçilar partiyasining milliy s'yezdida AQŞ prezidentligi uçun ayni partiyadan rasmiy nomzod etib saylangan Donald Trampning boyligi 3 mlrd dollardan iborat. Bloomberg agentligining doimiy ravişda yangilanib turuvçi "Milliarderlar körsatkiçi" (Bloomberg Billionaire Index) xizmati şunday ma'lumot bermoqda.

Ötgan yili Trampning boyligi 2,9 mlrdni taşkil etgan. Ayni vaqtda, milliarderning qarzi 2 baravarga ortib, 350 mlndan 630 mln dollarga yetgan.

"Trampning qarzi Vaşingtondagi eski poçta bölimi binosini lyuks mehmonxonaga aylantiriş maqsadida olgan krediti hisobiga köpaygan. CNN telekanalining xabariga köra, Oq uydan bir neça mavze uzoqlikda joylaşgan mehmonxonani ta'mirlaş işlari 2013 yilda boşlangan bölib, şu yil sentabrda yakunlanişi kerak. 

Trampning qarzdorligi kamayişiga, unga tegişli köçmas mulklar narxining ortişi ham ijobiy ta'sir körsatgan. Xususan, Nyu Yorkning Manxetten  markazidagi "Tramp tauer" osmonöpar binosining narxi ötgan yilgiga qaraganda 22 foizga qimmatlaşib, 600 mln dollarga baholanmoqda. 

CNNga köra, prezidentlik kampaniyasi amalda Trampning moliyaviy ahvoliga ta'sir etmagan. May oyi oxiridagi ma'lumotlarga binoan, Tramp kampaniyasi hisobiga 46,1 mln dollar ssuda ötkazgan va millirader uni keçib yuboriş niyatida.