Turkmaniston oqsoqollar kengaşi 14-sentabr kuni Aşxobodda mamlakatning yangi Asosiy qonunini qabul qiladi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Qayd etilişiça, majlisni ötkaziş sanasi töğrisidagi qarorni mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov imzolagan. 

Yangi qonunning hozirgi konstitutsiyadan asosiy farqi, prezidentlik vakolatlariga oid muddatning 5 yildan 7 yilga uzaytirilganidadir. Bundan taşqari, prezident lavozimiga belgilangan yuqori yoş çeklovi ham bekor qilinmoqda. Şu paytgaça, 70 yoşdan keksa kişi davlat rahbarligiga nomzod böla olmas edi.

Avvalroq, Berdimuhammedov mamlakat konstitutsiyasini Turkmanistonning «zamonaviy siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti talablari»ga moslaştiriş zarurligini aytgan edi.