2016 yilning 19 iyul kuni Tojikiston Taşqi işlar vazirligi, jumladan, Tojikiston boş vaziri Qohir Rasulzoda nomiga Özbekiston Respublikasi boş vaziri Ş. Mirziyoyev nomidan rasmiy maktub yöllandi.

Maktub Özbekiston Respublikasi TIV matbuot xizmati saytida keltirilgan.

«2016 yilning 1 iyulida «Roğun GES» OAJ va Italiyaning "Salini Impregilo S.p.A" kompaniyasi örtasida şartnoma tuzilganligiga oid ma'lumotning bir qator ommaviy axborot vositalarida çop etilişi munosabati bilan quyidagilarni ma'lum qilamiz. 

2016 yilning 19 iyulida Tojikiston Taşqi işlar vazirligiga Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Ş.M.Mirziyoyevning xati yöllandi. Mazkur xat Tojikiston Respublikasi Boş vaziri Q.Rasulzoda nomiga yöllanib, u quyidagi mazmunga ega böldi: 

"Mazkur murojaat Tojikiston Respublikasi Hukumatining Roğun GESi qurilişi böyiça Italiyaning "Salini Impregilo" kompaniyasi bilan kelişuvga erişgani töğrisidagi yangiliklar bilan boğliq.

Şu munosabat bilan Sizning e'tiboringizni yana bir bor quriliş maydonidagi bir qator tadqiqotlar, birinçi navbatda, Jahon banki boşçiligida ötkazilgan loyihaning majmuaviy xalqaro ekspertizasi - Roğun GESining qurilişi Markaziy Osiyoning barça mintaqalari uçun ulkan xavf-xatar tuğdirişini tasdiqlaganini eslatib ötişni joiz deb topdik, bu haqida rahbariyatning hamda qöşni mamlakatlar ekspertlarining ma'lumotlarida bir neça marotaba ta'kidlangan, Tojikiston Hukumati ham bundan yaxşi xabardor. 

Jahon banki mazkur loyihaning ulkan texnogen, ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy xavfini inobatga olib, Roğun GESi qurilişini moliyalaştirişda iştirok etişdan boş tortdi. 

Şuni eslatib ötiş lozimki, Roğun GESini barpo etiş loyihasi ötgan asrning 70- yillarida işlab çiqilgan. Bugungi kunda zamonaviy talab va tajribani hisobga olib, bu loyihani qayta körib çiqiş şart.

Balandligi böyiça dunyoda tengi yöq hisoblangan 335 metrlik töğonga ega bu qadar ulkan miqyosli GES majmuasi qurilişi uçun tanlangan maydonning seysmikligi Rixter şkalasi böyiça 9−10 ball bölgan toğ hududida ekani jiddiy şubha-gumonlarni keltirib çiqaradi. Obektning ma'lum qilingan 3,9 mlrd AQŞ dollari miqdoridan ança uzoq bölgan umumiy smeta qiymatida amaliy aniqlik mavjud emas, loyihaviy hujjatlaş işlari töliq yakunlanmagan, obröli ekspertlar tomonidan bildirilgan jiddiy mulohazalar inobatga olinmagan