Şvetsiyalik avtobus haydovçisi öz yölovçisi – suriyalik qoçqinga “Men sizlarni yomon köraman, yaramas çöçqalar”, deya baqirdi-da unga hujum qildi. Bu haqda The Local yozmoqda.
Voqea Şvetsiyaning Eland orolida, Borgxolm şahriga yöl olgan Nobina kompaniyasining avtobusida yuz berdi.
Şvetsiyadan boşpana izlab kelgan suriyalik qoçqin bu haqda The Local gazetasiga sözlab bergan. Uning gaplariga köra, avtobus bekatga kelib töxtaydi va afğonistonlik bir qoçqinni avtobus saloni içiga qöyişadi, uni esa kiritişmaydi.
Şunda mahalliy odamlardan biri qoçqinni maşinasiga ötkazib, keyingi bekatga olib borib qöyadi va u öşa yerdan avtobusga çiqib oladi.
Jabrlanuvçining sözlariga köra, aynan mana şu avtobus haydovçisi ilgari ham boşqa qoçqinlarni avtobusga çiqarmagan. Şu bois u haydovçini suratga tuşirib, xatti-harakatlari haqida mahalliy hokimiyatga ma'lum qilmoqçi böladi.
Avtobus keyingi bekatga yaqinlaşganda, ğazablangan avtobus haydovçisi haligi suriyalik qoçqinni suratga olmoqçi böladi. "Men ham sening yuzingni suratga olişni istayman. Nega yöq bölar ekan? Axir sen meni yuzimni suratga olding-ku", deya baqirgan u. Qoçqin suratga tuşmaslik maqsadida yuzini berkitgan. Şundan söng, haydovçi uni bir neça marta urgan. Bularning barini qöşni örindiqda ötirgan kişi videoga olayotgan edi.
"Nega va qanday qilib bu voqealar sodir bölganiga tuşana olmayapman. Men bilan Şvetsiyada şunday böladi, deb sira öylamagan edim. Bu iş men uçun juda kutilmagan böldi va hamon özimga kelolmayapman", — deb hikoya qiladi qoçqin.
Uning akasi Suriyada halok bölgan ekan. Şvetsiyaga esa ötgan yilning oktabr oyida kelgan.
"Men Suriyadan meni urişlari, sökişlari va öldirişlaridan qoçib Şvetsiyaga kelgan edim. Ammo afsus, qattiq şokdaman", — deb qöşimça qildi u.
Nobina vakilining The Local naşriga izoh berişiça, haydovçini işdan çetlatişgan va kompaniya içki tekşiruvlarni boşlab yuborgan.















