AQŞ prezidentligiga Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Tramp faqatgina öz majburiyatlarini bajaradigan ittifoqdoşlarigagina yordam berişini ma'lum qildi. Bu haqida milliarder The New York Times gazetasiga bergan intervyusida fikr bildirdi. 

Trampning aytişiça, u mavjud kelişuvlarni amalda tatbiq etişda davom etiş tarafdori. Şu bilan birga u AQŞning şeriklari Vaşingntonning saxiyligidan foydalanişni bas qilişlari kerakligini ta'kidladi. 

Trampdan Rossiya tomonidan tahdid bölgan taqdirda, NATO böyiça ittifoqdoşlariga yordam körsatiş yo körsatmasligi haqida söralganda, u quyidagiça javob berdi: "Agar ular bizning oldimizdagi majburiyatlarini bajarayotgan bölişsa, unda - ha".

Şu bilan birga Tramp AQŞ boşqa mamlakatlarga "aql örgatişga haqqi yöq"ligini aytdi. "Atrofga bir qarang - mamlakatimizda nimalar sodir bölmoqda?! Odamlar sovuqqonlarça politsiya xodimlarini öldirib ketayotgan bir paytda qanday qilib birovga aql örgatiş mumkin?", - dedi milliarder. 

Tramp Qöşma Ştatlari birovga töğri yöl körsatişdan avval "özining mamlakatida tartib örnatib olişi" zarurligini ta'kidladi. Şu jumladan, u Turkiyadagi töntaruv harakati natijasidagi "tozalaş" jarayoniga nisbatan munosabat bildirmasligini ma'lum qildi