Butunjahon Boks Uyuşmasi (WBA) uçta obröli tasniflar böyiça 79,38 kggaça vazn toifasida jahon çempioni rossiyalik Sergey Kovalevni, nemis boksçisi Yurgen Bremerga qarşi ringga tuşişi şartligidan ogohlantirgan. Bu haqda, WBAning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

"WBA qoidasi, taşkilot prezidenti va çempionat qömitasiga majburiy himoya davrini aniqlaş huquqini taqdim etadi. Kovalevning "superçempion"lik maqomi 18-oylik majburiy himoyasiga boğliq edi. Uning bu davri 2016 yil 7 may kuni poyoniga yetdi. Şu boisdan ham, uning navbatdagi raqibi, rasmiy nomzod Yurgen Bremer bölişi kerak", - deyiladi bayonotda. 

WBA qaroriga köra, ikki boksçi jamoalari 19 avgustgaça özaro kelişib olişlari kerak. Agar promouterlar kelişa olmasa, savdolar boşlanadi. 

Umuman, 33-yoşli Kovalev professional ringda 30 marta ğalaba qozongan (26 nokaut), bir bor durang va bir marta mağlubiyat alamini tortgan. Oktyabr oyida 38 yoşni qarşilovçi Bremer hisobida 48ta ğalaba (35ta nokaut) va ikkita mağlubiyat bor.