Çili hukumati mamlakat janubidagi kitlarning ommaviy ölimi qayd etilgan yangi holatni örganib çiqmoqda. Cooperativa radiostansiyasining xabariga köra, Kleman oroli qirğoğida kamida 70ta ölik mavjudot topilgan.
Yaqin kunlarda kitlarning jasadi topilgan joyga ekspeditsiya yöl oladi, uning a'zolari tahlil uçun namunalar olişi hamda halok bölgan dengiz mavjudotlarining sonini aniqlaşi kerak böladi. Çili baliqçilik milliy xizmati xodimlarining fikriça, sut emizuvçilarning ölimiga mikroskopik suv ötlaridan ajralib çiqadigan toksinlar sabab bölişi mumkin. Ularning tezkor köpayişi "qizil tölqin" nomini olgan. Bunday holatda suvdagi toksinlar konsentratsiyasi dengiz mavjudotlarining halokatiga sabab böladi.
Bu Çilida dengiz mavjudotlarining sönggi paytda röy berayotgan birinçi ommaviy halokati emas. Ötgan yilning noyabrida Tinç okeanining Penyas körfazi sohillarida 300dan ortiq kitning jasadi topilgan. Tahlil natijalari şuni körsatdiki, jonivorlar "qizil tölqin"ning qurboni bölişgan.
Joriy yilning may oyida Çilining ikkita mintaqasi - Los-Rios va Los-Lagos - sanitarik xavf hududi, deb e'lon qilingan. Toksinlar minglab dengiz mavjudotlarining ölimiga olib kelgan.











