Jahonda maşhur ijtimoiy tarmoq Facebook kompaniyasi özining birinçi uçuvçisiz qurilmasi Aquilaning sinovini muvaffaqiyatli ötkazgan. U, Arizona janubi-ğarbida bölib ötgan. Tarmoq asosçisi Mark Tsukerberg şu haqdagi matbuot bayonnomasini öz sahifasiga joylaştirgan.
Xabarlarga köra, Bir neça oylar davomida dronning yirik nusxasi sinovdan ötkazilgan. Iyun oyi oxiridan esa, haqiqiy samolyotning özi havoga kötarilgan. Ta'kidlanişiça, uning qanotlarining umumiy qamrovi Boeing 737 qanotlaridan uzundir.

Quyoş batareyalaridan quvvat oluvçi samolyot havoda bir yarim soat parvoz qilgan, uni mutaxassislar guruhi kuzatib borişgan. Dronning uçişi va qönişi avtomatik tarzda amalga oşirilgan.
Aquila loyihasining maqsadi dunyoning çekka hududlarini quyoş energiyasida uçadigan dronlar va lazer nurlari yordamida internetga ulaşdir.












