AQŞ prezidentligi uçun Demokratik partiyadan sobiq nomzod, senator Berni Sanders respublikaçilar nomzodi Donald Trampning mamlakat muammolarini bir özi hal qiliş niyatida ekaniga e'tibor qaratdi.

"Tramp barça muammolarni bir özi hal qila olişini aytdi. Bu yigit prezident bölmoqçimi yoki diktator?", — deya yozgan Sanders özining Twitter ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida.

"Balki u prezident kongress bilan kelişib işlaşi kerakligi haqida heç qanday tuşunçaga ham ega emasdir", — deya qöşimça qilgan senator.

AQŞ prezidentligi uçun saylov 8 noyabrda bölib ötadi. Şu kuni Kongress va Senat uçun ham saylovlar ötkaziladi. Ayni vaqtda kongressda respublikaçilar köpçilikni taşkil etadi.

Bundan oldinroq Sanders Yaqin Şarqdagi inqiroz nimadan boşlanganini Trampga eslatib qöygani haqida xabar berilgandi.