Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savçenkoning aytişiça, agar onasi Kiyevda yer uçastkasi olgan bölsa, uni qaytarib berişni talab qiladi, deya xabar qilmoqda «5 kanal».
«Men yer olganim yöq. Onamdan ham sörayman — olgan yoki olmaganini? (...) Agar onamning bunga haqqi bölganda ham men unga yerni qaytarib berişini aytaman», — deb bayonot bergan Savçenko.
Nadejda, ATA - aksilterror amaliyot (Ukraina hukumati Donbassdagi harbiy amaliyotlarni şunday ataydi) iştirokçilariga beriladigan imtiyozlardan, xususan yer olişdan ham voz keçişini bildirgan edi. Uning sözlariga köra, onasi poytaxt fuqarosi sifatida yer olişga haqqi bor.
21 iyul kuni Kiyev şahri ma'muriyati, Nadejda Savçenkoning onasi Mariyaga şahar janubidagi Çapayevka mikrotumanidan 9 sotix yer ajratganini ma'lum qilgandi.
















