Amerikaning «Makdonalds» restoranlar tarmoği Venesuelada Big Mak yemaklarini sotişni töxtatişga majbur böldi. Bunga, xom-aşyoni yetkazib berişdagi muammolar sabab bölgan, deb xabar qilmoqda El Universal. Naşr ma'lumotlariga köra, restoranlarda uşbu sendviçlarni tayyorlaş uçun lozim bölgan non-kulçalar yöq. 

Kompaniya boşqaruvida ma'lum qilişlariça, bu vaziyat vaqtinçadir. 

«Venesueladagi şaxobçalar muammoni hal etiş yöllarini qidirmoqda. Biz, öz me'yorlarimizga javob beradigan yetkazib beruvçini tanlaymiz», — deya oydinlik kiritgan kompaniya.

Avvalroq, «Makdonalds» qovurilgan kartoşka qalamçalarini sotişni töxtatgan edi. Bunga ham xom-aşyo tanqisligi sabab bölgandi. 2015 yil yanvar-noyabr oylarida restoran mijozlariga kartoşka qalamçalari örniga mahalliy yukki ildizmevasi qovurilgan yoki tuzlangan şaklda tortiq qilingandi.