Armaniston poytaxtida garovda saqlanganlarning sönggi ikki nafari ham qutqarildi, deb xabar qilmoqda TASS respublika huquq-tartibot idoralaridagi manbaning sözlariga asoslangan holda. 

"Yerevanda garovda saqlanayotgan oxirgi 2 kişi, Armaniston politsiyasi rahbari örinbosari general-mayor Vartan Yegiazaryan va Yerevan politsiyasi rahbari örinbosari polkovnik Valeriy Osipyan ham ozod etildi", - degan manba. 

23 iyul kuni ertalab, qurollangan guruh öz xohişi bilan 2 nafar politsiyaçini qöyib yuborib, Yegiazaryan va Osipyanni ham qöyib yuborişga tayyorligini bildirgan edi. Buning uçun, egallab olingan politsiya idorasi hududida matbuot markazi taşkil etilişi kerak edi.