Nemis politsiyasi Myunxendagi otişmadan söng terakt versiyasini körib çiqmoqda. Bu haqida Gazeta.ru ma'lum qildi. 

Myunxenda yaşovçi ayolning naşrga ma'lum qilişiça, politsiya şaharda terroristik xavf mavjudligini e'lon qilgan.

“Gap politsiyadan qoçib yurgan uç nafar qurolli jinoyatçi haqida ketmoqda. Biz uyda bölişimiz zarur. Şahar uzra vertolyotlar harakatlanmoqda”, - dedi u. 

22 iyul, juma kuni keçqurun Myunxen savdo markazida noma'lum kimsa tomonidan öq uzilgan. Dastlab OAV 15 nafar kişining halok bölganligi töğrisida xabar qilgandi. 

Politsiya butun şahar böylab maxsus operatsiya ötkazmoqda. Transportlarning harakati töxtatilgan, şu jumladan, metro harakati ham.