Afsonaviy braziliyalik futbolçi Pele Rio-de-Janeyroda ötadigan Olimpiada öyinlarining oçiliş marosimida iştirok etadi. Bu haqda UOL internet portali xabar bermoqda.
Pele 22 iyul kuni özi tuğilgan şahar Santosda ötgan estafetada iştirok etdi. Olimpiya olovi Pelega bağişlangan muzeyda yoqildi, futbolçining özi esa balkondan çiqib,qölida fakel bilan muxlislari bilan uçraşdi. Şu sabab u soğliğidagi muammolar sabab, aynan estafetaning özida qatnaşa olmadi.
5 avgust kuni “Marakana” stadionida böladigan oçiliş marosimida u aynan qaysi rolni ado etişiga aniqlik kiritilmagan. Töğrisini aytganda bu holat sir tutilgan. UOL portalining aytişiça, 75 yoşli futboçi oçiliş marosimida eng asosiy mezbonlardan biri böladi.











