Sarimsoqpiyoz hidi  — uşbu ösimlik borasida umumiy qaraş paydo bölmaganining asosiy sababidir. Oşpazlar sarimsoqni yaxşi körişadi va uni deyarli barça taomga qöşiş tarafdoridirlar. Ammo, jamoatçilik fikri, uning hidi tufayli turliça ekani barçaga yaxşi ma'lum. 

Biroq, ayrim kişilarni sarimsoqpiyoz hidi öziga tortişi ham mumkin ekan. Tadqiqotlar natijalari köplab ayollar yengilgina sarimsoq hidi kelib turgan erlarini yoqtirişini körsatmoqda. Quyida buning sababiga oydinlik kiritamiz. 

Şotlandiyadagi Stirling universiteti olimlarining tadqiqoti bu borada inqilob yasadi. Unga köra, ayollarning aksariyati sarimsoqpiyoz hidini soğlom er hidiga qiyoslaşar ekan. Agar sarimsoqning kuçli antibiotik xususiyatlari e'tiborga olinadigan bölsa, bu fikr unçalik ham notöğriga öxşamaydi. 

42 nafar erkakdan iborat tajriba guruhi xom sarimsoq donalarini iste'mol qilib, qöltiği ostida salfetka olib yurişgan. Ularning ter namunalarini esa, 82 ayolga hidlatişgan va yoqimli, öziga tortuvçi, erlikni ta'kidlovçi va ötkirligi jihatidan baholaş söralgan. 

Natijalar esa kişini hayratga solişi şubhasiz. Köp hollarda xom sarimsoq yegan erkaklarning ter hidi sarimsoq piyoz yemagan erkaklarga qaraganda ayollarga köproq ma'qul kelgan. Erkak qançalik köp uşbu piyozdan tanovul qilsa, uning hidi şunçalik ötkirlaşgan, teridagi feromonlar aralaşmasi yuqori körsatkiçga yetgan. 

Kimyodan ma'lumki, sarimsoq tarkibida oltingugurtli vodorod va rux bölib, bu moddalar erkak jinsining kimyoviy öziga xosligini belgilovçi testosteron moddasini işlab çiqarişda muhim örin tutadi. Uning asosini taşkil etadi. 

Bunday ğaroyib natijalarni ayollarga köproq soğlom erkaklar yoqişi bilan izohlaş mumkin. Sarimsoqpiyoz esa sabzavotlar orasidagi eng soğlomi hisoblanadi.