Adidas sport anjomlarini işlab çiqaruvçi nemis brendi Daniyaning Ecco kompaniyasini özining poyafzallari dizaynini köçirişda ayblab, sudga berdi. Bu haqida finans.dk internet-portali ma'lum qildi.
“Ecco’ning qasddan öylangan, maqsadli va yovuz niyatli harakatlari uç çiziqli maşhur Adidas brendiga qoplab bölmaydigan zarar yetkazdi”, - deyiladi hujjatda.
Da'vo hajmi hozirça belgilanmagan, biroq naşrning ta'kidlaşiça, 2008 yilda Adidas Amerikadagi Payless Shoesource poyafzal dökonlari tarmoğidan 65 million dollar undirib olişga muvaffaq bölgan. Oregon okrug sudi dökonni Adidas modellaridan nusxa köçirişda hamda nemis kompaniyasining savdo markasi elementlarini noqonuniy ekspluatatsiya qilişda aybdor deb topgan. Dastlab 305 million dollar tovon puli belgilanib, keyinçalik uning hajmi pasaytirilgan.
Uç parallel çiziq – Adidas’ning 1949 yilda röyxatdan ötkazgan tovar belgisi. Nemis kompaniyasining pul aylanmasi 2015 yilda 18,5 milliard dollarni taşkil qildi. Daniyaning Ecco’sida esa şu paytdagi körsatkiç 1,3 milliardga teng.











