2005 yilda Yahoöning hammuassisi Jyerri Yang texnologiyalar tarixidagi eng katta strategik investitsiyani amalga oşirdi, u kompaniyaning 1 milliard dollarini Xitoyning Alibaba nomli yoş internet saytining 40 foiz aksiyasiga sarfladi. 

Alibaba öşa payt uçun qimmat bitim hisoblanib, bu tavakkal qöyilgan qadam edi, lekin oxir-oqibat u Kremniy vodiysida eng köp daromad keltirgan bitim bölib çiqdi: bugungi kun bahosiga köra, uning uluşi 80 milliard dollardan ortiqni taşkil qiladi. Qoidaga köra, bunday muvaffaqiyat kompaniyani köp yillar davomida saqlab turişi kerak edi, biroq 25 iyul kuni Yahoo özining operatsion biznesi – veb-resurslarini Alibaba va boşqa investitsiyalarsiz sotuvga qöyişini ma'lum qildi. 

Yang Alibaba’ni qölga kiritganiga qaramay, Yahoöning u tufayli sotilişi muqarrar edi. Yahoöning yangiliklar, elektron poçtalar va tijorat texnologiyasiga oid asosiy biznesi köp yillar davomida barqaror ravişda pasayib keldi, çunki kompaniya ijtimoiy va mobil “tölqin”larni qöldan boy berdi. 

Kutilmaganda  Yahoo investorlari Alibaba kompaniyasining aksiyalariga egalik qiliş Yahoo saytlarining kuraşidan köproq ahamiyat kasb etişini tuşunib yetişdi. Nafaqat bu, balki soliq tölaşga doir jihatlar ham ulkan usutvorlikka sabab böldi. 

Bir yildan ortiq vaqt davomida Yahoo Kremniy vodiysida daromad keltirmaydigan işlar bilan şuğullanib kördi. Kompaniyaning boş direktori Marissa Mayyer mobil ilovalar, video-reklamalar, şuningdek ijtimoiy tarmoq imkoniyatlari bilan boğliq biznesni yölga qöymoqçi böldi, biroq bu heç qanday natija bermadi. 

Hozirgi paytda Yahoo oğir kunlarni boşdan keçirmoqda. Kompaniyaning asosiy biznesi Alibaba tufayli inqirozga yuz tutmoqda. Şu bois kompaniya 25 iyul kuni öz aksiyalarini sotuvga qöydi.