Marafonchi Guor Marial urushda 28 nafar qarindoshini yo‘qotgan, o‘zining halok bo‘lishiga ham bir bahya qolgan, lekin shunday bo‘lsa-da, u barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tib, Olimpiya o‘yinlaridagi birinchi janubiy sudanlik sportchi bo‘ldi.
XX asr o‘rtalarida Sudanda fuqarolik urushi davom etardi. U rasman 2005 yilda tugagan, 2011 yilda esa davlat hattoki ikkiga ajralib ketdi, ammo harbiy to‘qnashuvlar xali-hanuz davom etmoqda. Qonli to‘qnashuvlarda 2 million kishi halok bo‘ldi, yana 4 million kishi esa – qochqin maqomini oldi. Urush deyarli har bir oilaga kirib bordi, biroq Guora Marialaning hikoyasi har qanday insonning qalbini larzaga keltiradi. To‘qnashuvlar uning 28 nafar qarindoshini hayotdan olib ketdi, 8 nafar tug‘ishgan aka-opalari shular jumlasidandir. Kimdir ochlik va kasalliklardan, yana kimlarnidir shimol arablari ayovsiz otib tashlashgan.
Kenja Guorani ham shunga o‘xshash taqdir kutib turardi: “Biz och-nahor va uyqusiz tunlarni boshdan o‘tkazardik, otishmalar tufayli jungliga qochishga to‘g‘ri kelardi. Bizda hatto ustimizni yopish uchun biror bir narsa yo‘q edi, o‘rmon esa qonxo‘r sariq chivinlar hamda qora-jigarrang kapalaklarga to‘la edi”.

Guoraning ota-onasi o‘ylay-o‘ylay o‘g‘lini poytaxt Xartumga jo‘natishga qaror qilishdi, chunki u yer xavfsizroq edi. Avtobusda poytaxtgacha yetib olish uchun oilaning puli yo‘q edi, shu bois u amakisi bilan birga 600 kilometrli yo‘lni piyoda bosib o‘tishga majbur bo‘ldi. Ular bilan birga Bentiudan bir guruh qochqinlar ham yo‘lga chiqdi. Ular och bo‘lishsa-da, yo‘lda uchragan ishni bajarishdi, 8 yoshli Guor ham bundan istisno emas.

Bir kuni u kattalardan ajralib, guruhdagi bolakaylar bilan birga yong‘oq va mango tergani ketdi. Ular kichik mehnat evaziga yegulik va'da qilgan ko‘chmanchilarga yo‘liqishdi. Bolalarning roziligi ularni qulga aylantirdi. Arablar ulardan podachi sifatida foydalanishdi. Bir haftadan so‘ng Marial g‘orga yashirinib, qochib ketdi. U o‘sha paytda nimalarni his qilganligini xaligacha eslaydi: “Juda ham qo‘rqqanman. G‘orda shuni anglab yetdimki, mendan qul sifatida foydalangan joyga qaytgandan ko‘ra, qandaydir yirtqich yeb qo‘ygani yoki birov otib tashlagani yaxshiroq edi”.
Asirlikdan so‘ng amakisi va guruhni izlash befoyda ekanligini tushunib yetdi. Shu bois orqaga ota-onasining oldiga qarab yo‘l oldi, biroq yo‘lda bir askarga duch keldi. Askar xo‘jalikdagi ishlarni bajarishni taklif qildi – do‘konga borish, taom tayyorlash, poyafzal tozalash, cho‘milish uchun suv tashish va h.k. Marial bunday taklifdan quvonib ketdi, ammo maoshini so‘raganida, harbiy uni uyga qulflab qo‘yib, ko‘chaga chiqarmay qo‘ydi.

















