7-sentabrdan boshlab “Mirzo Ulugʻbek” metro bekati - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti yoʻnalishida vaqtinchalik avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Avtobuslar soni 4 ta boʻlib, harakat vaqti soat 7:00 dan 8:00 gacha (ertalabki tigʻiz vaqtda) etib belgilangan.

Katta sigʻimli avtobuslar talabalarni "Mirzo Ulugʻbek" metrosi oldidan OʻzDJTUning har ikkala oʻquv binosiga yetkazadi.

Qayd etilishicha. hozirda OʻzDJTU talabalarining katta qismi universitetga borishda “Chilonzor” metro bekatigacha yetib kelib, undan keyin avtobuslarga oʻtadi. Natijada ertalabki tigʻiz vaqtda ushbu yoʻnalishdagi jamoat transportlarida yoʻlovchilar oqimi ortishi sababli yuklama oshadi.

Yangi vaqtinchalik yoʻnalish orqali talabalar “Mirzo Ulugʻbek” metro bekatidan toʻgʻridan-toʻgʻri universitetgacha avtobusda yetib borishlari mumkin boʻladi.