Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savçenko Odessada töxtagan AQŞ harbiy-dengiz kuçlariga tegişli desant kemasida hordiq çiqarganini ma'lum qildi. Savçenkoning aytişiça, u kemada bir kun bölgan.
Savçenkoning ta'kidlaşiça, u "bir haftaga biror örmonga ketib qolişni" rejalaştirgan, biroq Odessaga borişga qaror qilgan. "U yerda Sea Breeze 2016 harbiy maşğulotlari ötmoqda. Men sizga qayerda dam olganimni aytaman. Men amerika desant kemasida dam oldim", deb ta'kidlab ötdi Savçenko. Uning aytişiça, u bunday hordiqdan quvvat olgan va olğa borişga tayyor.
27 iyulda Savçenko Ukraina qömondonligining Qora dengizda ötayotgan maşğulotlardagi xatti-harakatlarini tanqid qilgandi. "Desantning taşlanişi generallarning kemaga 40 daqiqa keçikiş bilan kelganlari sababli 40 daqiqaga uşlandi. Yana yetmagandek selfi ham qilişgan", deb aytgan sobiq harbiy uçuvçi. Uning aytişiça, bundan AQŞ tomoni ham norozilik bildirgan.
Maşğulotlar 18 iyulda Qora dengizning şimoliy qismida, Rossiya harbiy-dengiz bazalari yaqinida boşlangan. Maşğulotlarda 26 ta harbiy va ta'minlaş kemasi, 20 ta samolyot va vertolyot hamda AQŞ, Turkiya, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina va boşqa davlatlarning 4 mingga yaqin harbiysi iştirok etmoqda.
















