Belgiyaning Meyze şahridagi botanika boğida ösuvçi, dunyodagi eng yirik gul hisoblanuvçi Titan Arum (Amorphophallus titanum) yoki "murda gul" gulladi, deb yozmoqda Derniere heure.

Boğ vakilining sözlariga köra, ösimlikning gullaş jarayondan bahra olişni istaganlar ixtiyorida atigi 72 soat bor. Gulning bu qadar salbiy ma'noda nomlanişiga uning özidan, murda va sasigan baliq hidlarining aralaşmasiga öxşaş qölansa hid çiqarişi sababdir. Ğunçaning balandligi 1,9 metrga, vazni 18 kgga yaqindir. Boğ xodimlari gulni tomoşa qiliş uçun maxsus burun niqobi olib kelişni unutmaslikni tavsiya qilişmoqda. Har 5-10 yilda gullaydigan ulkan ösimlikning vazni esa 100 kg toş bosişi mumkin. 

U özidan çiqarayotgan hidi bilan ölaksaxör qönğizlar va qon hidiga keluvçi paşşalarni öziga çorlaydi.