Mutaxassislar Moskvada 4 yoşli qizçani öldirgan özbekistonlik enaga Gulçehra Boboqulovani aqli noraso deb tan olişdi. Bu haqda jurnalistlarga suddagi tarjimon Ahmad Ahmadov ma'lum qildi.
Moskvaning Presnensk sudi Boboqulovaning hibsga olinişini 29 avgustgaça uzaytirdi.
TASS axborot agentligining suddagi muxbirining ma'lum qilişiça, sud yiğilişida Boboqulova yiğlab yuborgan va uni davolanişga vatani – Samarqandga yuborişni söragan.
Moskvalik oilaning uyida enaga bölib işlagan Boboqulova yoş bolani vahşiy öldirişda gumon qilinib hibsga olingandi. Unga "Yoş bolaning qotilligi" moddasi böyiça ayblov qöyilgan.
4 yoşli qizçaning jasadi 29 fevralda öz uyida yonğin öçirilgandan keyin topilgan. Tergovçilarning örnatişiça, enaga qizçaning ota-onasi va akasi ketişini poylab, qizçani öldirgan, söngra uyga öt qöyib, voqea joyidan ketgan. Politsiyaçilar Boboqulovani öşa kuni metro stansiyalaridan biri oldida qölga olişgan.











