Surayyo (ism-şariflar özgartirilgan) may oyining örtalarida Mirzo Uluğbek tumanidagi “Böz” bozoriga meva va sabzavotlar xarid qiliş uçun bordi. U yerda tanişi Eminni körib qolib, u bilan hol-ahvol söraşgaç, qizining öqişi masalasida gaplaşib qolişdi.
Xuddi öşa kuni Gözalbeka ham xuddi şu bozorga borgandi. Tasodifan Surayyoning gaplarini eşitib qolib, ularning suhbatiga aralaşdi:
— Uzr, gaplaringizni eşitib qoldim. Qizingiz qayerda öqiydi? Qaysi öqişga ötkazmoqçisiz?
— Özingiz qayerda işlaysiz? Rostdan ham bizga yordam berolasizmi? — deya ajablandi Surayyo.
— Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi, örta-maxsus kasb-hunar ta'limi markazida işlayman. Qizingizning öqişi masalasida yordam berolaman.
— Qizim Mö'tabar Yaşnobod tumanidagi “Xotin-qizlar” kollejida öqiydi. Biroq uni 2-sonli Yuridik kollejiga ötkazmoqçimiz.
— Unday bölsa heç qanday muammo yöq. Men sizga, albatta, kömaklaşaman.
— Turmuş örtoğim bilan maslahatlaşay, keyin sizga javobini aytaman, — dedi Surayyo.
Şundan söng ular bir-birlariga telefon raqamlarini berişdi.
Surayyo uyiga borgaç bu haqda darhol turmuş örtoğiga gapirib berdi. Ular maslahatlaşib ertasi kuni yana “Böz” bozorida Gözalbeka bilan uçraşişga kelişdi. Aytilgan vaqtda ular uçraşişdi.
— Qizingiz Mö'tabarxonning öqişini oliy ta'lim vazirligi hal qiladi. U yerda işlaydigan tanişlarim köp. Biroq muşuk ham bekorga oftobga çiqmaydi. Şuning uçun ularga xizmat haqiga 500 AQŞ dollari berasizlar.
Uning gaplariga Surayyoning turmuş örtoği işonmadi. Şuning uçun ular gaplarini qisqa qilib ortlariga qaytişdi. Ammo onaizor nima qilib bölsada tezroq qizining öqişini hal qilişni istardi. Şuning uçun u turmuş örtoğiga aytmasdan, özining yiğib qöygan pulidan 1.600.000 sömini Gözalbekaga olib borib berdi. Indiniga u yana tanişlaridan qarz olib, bu firibgar ayolga öz qöllari bilan 700.000 sömni tutqazdi.
Iyun oyining boşlarida Surayyo Olmaliq şahriga qaynsinglisi Gulşananikiga marakaga bordi. Qaynsinglisi uning qizi Mö'tabarning öqişlari bilan qiziqdi. Surayyo esa podadan oldin çang çiqarib, qizining öqişini yaqinda yuridik kollejiga ötqizayotganligini, buning uçun bir ayol bilan tanişganligini, pullarini ham berib qöyganligini aytib berdi.











