Amerikaning Kaliforniya ştati Uber'dan mehnat qonunçiligini buzganligi uçun 1 milliard dollardan ortiq tovon puli undirişni talab qilib, federal sudyaga murojaat qildi. Bu haqida Bloomberg xabar berdi.
Kaliforniya mehnat va xodimlarni tayyorlaş xizmati taksi haydovçilari foydasiga 100 million dollar undiriş işini körib çiqayotgan federal sudga ana şunday murojaat bilan çiqdi.
Bundan avval Amerikaning ikkita ştatidagi taksi haydovçilari - haydovçilik maqomi töğrisidagi jamoaviy şikoyat xatiga köra, onlayn-servisdan 852 million dollar undirmoqçi ekanligi haqida xabar qilingan.
Taksi haydovçilari ularni ştat haydovçilari deb tan oliş hamda yetti yillik jarima tölaşni, şuningdek avtomobilning şu yillar içidagi texnik xarajatlarini qoplaşni talab qilişgan. Uber kompaniyasi esa haydovçilarning bunday haq-huquqlari yöqligini ma'lum qildi.
Uber onlayn-servisi dunyoning yuzdan ortiq şaharlarida mobil telefon orqali taksi buyurtma qiliş imkonini beradi.











