“Terakt”, “qotillik”, “bosqinçilik”, “halokat”... XXI asrga kelib bu kabi sözlarga birmunça sovuqqonlik bilan qaraymiz. Ha, albatta, bu kabi tajovuzlar ilgari ham bölgan. Biroq ularning hammasidan ham xabardor bölişning imkoni yöq edi. Bugun esa axborot asri taraqqiyoti ölaroq, dunyoda yuz bergan har qanday noxuşlik bir zumda axborot tizimlari orqali tarqalib ketmoqda. Psixologlarning fikriga qaraganda, kişilardagi befarqlik tuyğusining vujudga kelişi axborot asri evrilişlari bilan bevosita aloqadordir.  Xöş, boğliqlik nimada? Psixolog Zebunniso Ahmedova buni quyidagiça izohlaydi:

– Odamlar turli xunrezliklar, qon tökişlar haqida şu qadar köp axborot olmoqdaki, oqibatda kundalik hayotda yuz berayotgan oddiy noxuşliklarga xotirjam qaraydigan bölib qolişdi. Aytaylik, Suriyadagi şavqatsiz uruş lavhalarini internet, televideniye orqali barça kuzatib bormoqda. Şu bois, kundalik hayotda, masalan, köçada yiqilib tuşgan bolaçani körganda unga rahmi kelmasligi yoki  boşqa kulfatga duçor bölgan odamga hamdardlik bildirmay, loqayd ötib ketişi mumkin. Bu oddiy psixologiyadir. Katta talofatlar haqida har kuni çeklanmagan miqdorda axborot oladigan odamning diydasi qotib ketişi tayin. 

Qiziq, bugun insoniyat ongi va ruhiyatida yuz berayotgan jamiki özgarişlarning umumiy maxraji axborot xurujlariga borib taqalmoqda. Biroq axborot-psixologik xavfsizlikni ta'minlaşning iloji bormi? Odamlarning bir-biriga loqaydligi muammoligiça qoladimi? 

–  Befarqlik azaldan mavjud bölib kelgan sotsiolik-falsafiy kategoriyadir, – deydi sotsiologiya fanlari nomzodi Nazokat Alimova, – Biroq sönggi yillarda bu illat jamiyatda ayniqsa çuqur ildiz otdi. Buning sababi sifatida Ğarb mamlakatlari mafkurasi loqaydlikni urf, tendensiyaga aylantirganini aytiş mumkin. Masalan, “Hayotdan bahra ol”, “Özing uçun yaşa”, “Öz baxting uçun kuraş” kabi şiorlar ostidagi turli media-mahsulotlar, ayniqsa şu ğoyaga asoslangan filmlar köpayib ketdi. Bu odamdagi “men” degan egoistik determinatorni rivojlantirib yuboradi. Odam “men”ni qança yuqoriga qöysa, “u” va “ular”ga nisbatan şu qadar loqayd va befarq bölib boradi. 
    
“Insonga nisbatan sodir etilişi mumkin bölgan eng kabih jinoyat nafrat emas, balki befarqlikdir” , – degan edi buyuk ingliz adibi Bernard Şou. Befarqlik jinoyat bölsa, heç öylab körganmizmi, bizning özimiz bu jinoyatni neça marta sodir etganmiz? Neça bor yordamga muxtoj kişining oldidan befarq ötib ketib, neça bor jinoyatçi bölganmiz? 

Mohlaroyim QAYuMOVA