Dreksel universiteti tadqiqotçilari qanday qilib elektromagnit maydon yordamida mitti robotlarni suyuq muhitda katta tezlikni rivojlantirişga majburlaş mumkinligini namoyiş qilişdi. Olimlar bu qurilmalardan kelajakda dori vositalarini qon tomirlariga yetkazib berişda foydalanişni rejalaştirişmoqda. Kaşfiyot tasvirlangan maqola Scientific Reports jurnalida çop etilgan.
Nanorobotlar mayda dumaloq zarraçalaridan iborat zanjirga öxşaydi. Magnit maydoni vintga öxşab zarraçalarni aylantiradi, bunda zanjir qançalik uzun bölsa, u şunçalik katta tezlikka ega böladi. Olimlar uç “munçoq”dan iborat zanjirdan boşlab, turli robotlarni tekşirib çiqişdi. Eng uzun qurilma 13 zarraçadan taşkil topib, u bir soniyada 17,85 mikrometr tezlikka ega böldi.
Robotlar harakatlanişi uçun taşqi magnit maydoni qöllangan. Maydonning aylaniş tezligi qança köp bölsa, zanjirlar şunça tez harakatlangan. Yuqori çastota uzun qurilmalarning kaltaroqlariga ajralişiga olib kelgan. Masalan, yetti munçoqdan iborat robot ma'lum bir tezlikka yetganidan söng deformatsiyalanadi hamda 3 va 4 zarraçali ikki zanjirga ajraladi. Magnit kuçlarining yönalişi şu qadar özgartirilişi mumkinki, ikki robot qarama-qarşi yönalişlarda harakatlana boşlaydi.
Olimlarning sözlariga köra, zanjirlar şu tariqa tahrirlanişi mumkinki, bunda ular dori vositalarini yetkazib beriş tizimi sifatida xizmat körsatişi, şuningdek jarrohlik operatsiyasi davomida turli vazifalarni bajarişi mumkin. Masalan, robotlar qon hujayralarining yopişqoq quyuqlari yoki xolesterinlar bloklab qöygan vena va arteriyalarni tozalaşi mumkin.











